1

Shvesiya terma jamoasining sobiq hujumchisi oqqon kasalligidan vafot etdi

Sport 29.10.2014, 17:07
Shvesiya terma jamoasining sobiq hujumchisi oqqon kasalligidan vafot etdi

1994 yili Jahon chempionatining bronza medaliga egalik qilgan Shvesiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Klas Ignesson 47 yoshida Stokgolmda vafot etdi, deya xabar beradi vesti.ru. Uning o`limiga bir necha yildan beri kurashib kelayotgan oqqon kasali sabab qilib ko`rsatilmoqda.

2009 yilda Klasga qon saratoni tashxisi qo`yilgan va u tuzalib ketgan edi. Biroq 2013 yili Ingesson kasallik qaytganligini va operasiyaga tayyorgarlik ko`rayotganligini ma`lum qildi.

Ingesson Shvesiya tarixidagi eng yaxshi futbolchilardan biri hisoblanadi. U "Geteborg"(Shvesiya), "Mexelen"(Belgiya), PSV "Eyndxoven" (Gollandiya), "Sheffild Uensdey" (Angliya) "Marsel" (Fransiya) va Italiyaning "Bari", "Bolonya" va "Lechche" klublarida ham to`p surgan.

Shvesiya termasi jamoasi safida 57 ta uchrashuvda maydonga tushgan va 13 ta gol urishga muvaffaq bo`lgan. Ignesson JCh-94 va Evro-92larning bronza medali sohibi bo`lgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1