"Iqtisodiyotning barcha sohalarini raqamli texnologiyalar asosida yangilashni nazarda tutadigan Raqamli iqtisodiyot milliy konsepsiyasini ishlab chiqishimiz kerak. Shu asosda “"Raqamli O`zbekiston-2030" dasturini hayotga tatbiq etishimiz zarur", – dedi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev.
Raqamli iqtisodiyot yalpi ichki mahsulotni kamida 30 foizga o`stirish, korrupsiyani keskin kamaytirish imkonini beradi. Nufuzli xalqaro tashkilotlar o`tkazgan tahlillar ham buni tasdiqlamoqda.
Shuning uchun iqtisodiyot sohalarida raqamli transformasiyani amalga oshirish, milliy axborot texnologiyalarini rivojlantirish va bu yo`nalishda investisiyalar jalb etish zarur.