Prezidentimiz Murojaatnomada pensiya va nafaqalarni tayinlash va to`lash tartibini qayta ko`rib chiqish, pensiya tizimini tubdan isloh qilish zarurligini aytdi.
Yaqinda ushbu masala bo`yicha Prezident farmoni qabul qilindi. Unga ko`ra 2019 yil 1 yanvardan boshlab ishlaydigan barcha pensionerlarga pensiyalar to`liq miqdorda to`lanishi belgilandi.
"Pensiyani hisob-kitob qilish uchun ish haqining maksimal miqdorini eng kam oylik ish haqining 8 barobaridan 10 barobarigacha oshirish bo`yicha yangi tizim joriy etilmoqda. Islohotlarning keyingi bosqichida ushbu cheklovlar butunlay bekor qilinadi", - dedi Shavkat Mirziyoev.
Shuningdek, davlatimiz rahbari ayni vaqtda nogironligi bo`lgan bolalar va ularning oila a`zolarini, o`n olti yoshgacha davrdagi boquvchisini yo`qotganlarni ijtimoiy muhofaza qilish masalasi doimo e`tiborda ekanligini va umrini nogiron farzandiga qarash, uni parvarish qilishga bag`ishlagan onalar uchun alohida ijtimoiy nafaqa turini joriy etilishini alohida ta`kidladi.







