O`zbekiston Respublikasining 2019 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko`rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari hamda 2020-2021 yillarga byudjet mo`ljallari to`g`risidagi Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq yagona soliq to`lovi stavkasi soliq solinadigan bazaga nisbatan 4 foiz miqdorida belgilandi.
Bundan tashqari sohalar bo`yicha yagona soliq to`lovi stavkalari quyida keltirilgan:
- bojxona brokerlari – 5%;
- lombardlar – 25%;
- konsert-tomosha ko`rsatishdan daromad oluvchi yuridik shaxslar – 5 %.
- Umumiy ovqatlanish korxonalari joylashgan joyiga qarab:
- aholisi 100 ming kishidan ko`p shaharlarda – 8%;
- boshqa aholi punktlarida – 6%;
- borish qiyin bo`lgan va tog`li hududlarda – 4%;
- ta`lim muassasalarida xizmat ko`rsatuvchi umumiy ovqatlanish korxonalari – joylashgan joyiga qarab belgilagangan stavkaning 75 % miqdorida.
- Chakana savdo sohasida soliq to`lovchilar joylashgan joyiga qarab:
- aholisi 100 ming kishidan ko`p shaharlarda – 4%;
- boshqa aholi punktlarida – 2%;
- borish qiyin bo`lgan va tog`li hududlarda – 1%;
- alkogol, tamaki, benzin, dizel yoqilg`isi, siqilgan va suyultirilgan gaz realizasiyasi bilan shug`ullanuvchi shaxslar – 4 %;
- ulgurji savdo korxonalari – 4%.
- Dorixonalar joylashgan joyiga qarab:
- aholisi 100 ming kishidan ko`p shaharlarda – 3%;
- boshqa aholi punktlarida – 2%;
- borish qiyin bo`lgan va tog`li hududlarda – 1%.






