AsosiyJamiyat

Harbiylar Yangi yil bayrami munosabati bilan bolajonlarga sovg`a-salomlar ulashmoqda

'Harbiylar Yangi yil bayrami munosabati bilan bolajonlarga sovg`a-salomlar ulashmoqda'ning rasmi

O`zbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari kirib kelishiga sanoqli kunlar qolgan yangi – 2019 yil munosabati bilan maktabgacha ta`lim muassasalari hamda umumiy o`rta ta`lim maktablariga tashrif buyurib, u erda tarbiyalanayotgan va o`qiyotgan o`quvchi-yoshlarni bayram bilan tabriklamoqda.

Tashriflar davomida harbiy xizmatchilar va kursantlar tomonidan turli ko`ngilochar tadbirlar, o`yin-kulgiga boy bellashuvlar o`tkazilmoqda. Bu kabi tadbirlar mamlakatimizning barcha hududlarida bir necha kundan buyon davomli tarzda amalga oshirib kelinyapti.

AD7A2053.JPG

Joriy yilning o`tgan davrida respublikamiz bo`ylab 37 mingdan ortiq harbiy-vatanparvarlik yo`nalishidagi tadbirlar o`tkazilgani, Mudofaa vazirligi tomonidan yoshlar ishtirokida 200 dan ortiq “Ochiq eshiklar kuni“ tashkil etilgani, unda 20 mingdan ziyod yoshlar ishtirok etgani yoshlarga qaratilayotgan e`tiborning yorqin namunasidir.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabariga ko`ra, shuningdek, joriy yilning 15 dekabridan 2019 yilning 15 yanvarigacha Vatanparvarlik oyligi doirasida o`rta maxsus, kasb-hunar kollejlari, umumta`lim maktablari hamda maktabgacha ta`lim muassasalarida “Mardlik va jasorat” darslari o`tkazilmoqda.

photo_2018-12-18_17-59-30.jpg

photo_2018-12-22_19-59-09.jpg

photo_2018-12-28_15-26-35.jpg

photo_2018-12-28_15-26-41.jpg

    Boshqa yangiliklar