AsosiyJamiyat

Qo`rg`ontepada avtobus urib ketgan piyoda kasalxonada hayotdan ko`z yumdi

'Qo`rg`ontepada avtobus urib ketgan piyoda kasalxonada hayotdan ko`z yumdi'ning rasmi

Qo`rg`ontepa tumanida «Andijon — Xonobod» yo`nalishi bo`ylab harakatlanayotgan avtobus haydovchisi T. U. viloyat markazi tomon borar ekan, yo`lni kesib o`tayotgan piyoda O.E.ni urib yubordi. Bu haqda «Xalq so`zi» xabar berdi.

Haydovchi tomonidan sodir etilgan halokat tufayli jabrlangan yo`lovchi kasalxonada hayotdan ko`z yumdi.

«Avtohalokatlarda haydovchilar bilan bir qatorda yo`lovchilarning ham xatolari bor. Olib borilayotgan profilaktik tadbirlarga qaramay Qo`rg`ontepa tumanida yilning shu davriga qadar 41 ta yo`l-transport hodisasi sodir etildi. Buning oqibatida 28 kishi tan jarohati olgan bo`lsalar, 13 nafar fuqaro hayotdan ko`z yumdi», — deydi tuman ichki ishlar bo`limi boshlig`ining o`rinbosari Sanjarbek Solijonov.

    Boshqa yangiliklar