AsosiyJamiyat

Samarqandda uch kishi is gazidan halok bo`ldi

'Samarqandda uch kishi is gazidan halok bo`ldi'ning rasmi

Bugun, 28 dekabr kuni Samarqand viloyati Urgut tumani Boybo`l MFY hududida is gazidan zaharlanish natijasida 3 nafar fuqaro vafot etgan.

Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi navbatchilik qismi bergan ma`lumotga ko`ra, ushbu baxtsiz hodisa nostandart gaz balloni va isitish moslamasi (gorelkasi)dan foydalanish oqibatida yuzaga kelgan.

Mutaxassislarning xulosasiga ko`ra, qo`lbola istish moslamasining dudburoni hamda yotoqxonada xavo almashish tizimi o`rnatilgan tartibda bo`lmagani sababli, suyultirilgan gaz yonishi natijasida hosil bo`lgan is gazi xona ichida to`plangan va fuqarolar o`limiga sabab bo`lgan.

    Boshqa yangiliklar