AsosiyJamiyat

O`zbekiston delegasiyasi Yaponiyaning atom energetikasi sohasidagi tajribasi bilan tanishdi

'O`zbekiston delegasiyasi Yaponiyaning atom energetikasi sohasidagi tajribasi bilan tanishdi 'ning rasmi

O`zbekiston delegasiyasi Yaponiyaning atom energetikasi sohasidagi ilg`or tajribasi bilan tanishish maqsadida 2018 yil 19-23 dekabr kunlari Yaponiyaga safar qildi.

Delegasiya tarkibi O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, «O`zatom» agentligi va OAV vakillaridan tashkil topdi.

Tashrif davomida Yaponiya parlamenti maslahatchilar palatasi vise-prezidentiA.Gundji bilan uchrashuv bo`lib o`tdi va u palataning atom energetikasi sohasidagi roli haqida so`zlab berdi.Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o`rinbosari B.Alixonov qayd etganidek, O`zbekiston Yaponiya bilan strategik hamkorlikka katta ahamiyat beradi.

Tomonlar o`rtasida, shu jumladan, atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish sohasida parlamentlararo almashuv va parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish, shuningdek, ikki mamlakatning vakolatli idoralari o`rtasida tajriba almashishga doir kelishuvlarga erishildi.

Yaponiyaning atom sohasida tartibga solish agentligi raisiM.Yasui hamda Yaponiyaning atom energiyasi bo`yicha agentligi bosh kotibi T.Kodama bilan muzokaralar bo`lib o`tdi.

Atom energiyasi bo`yicha agentlik tomonidan atom energetikasini rivojlantirish sohasida milliy kadrlarni tayyorlash, ilmiy-tadqiqot faoliyati bo`yicha ushbu sohada o`z innovasion texnologiyalarini yaratishga doir loyiha taqdim qilindi, bu esa asosiy faoliyatning 89 foizini tashkil etadi.

Yaponiyada 2011 yilning martidagi eng yirik zilzila va undan so`ng ro`ybergansunami va Fukusima AESoqibatlari bartaraf etilganidan so`ng aholi fikr-mulohazalarini hisobga olgan holda, AES ni ekspluatasiya qilishga talablar yanada qat`iylashtirildi. Hozirgi paytda avval faoliyat ko`rsatgan 17 AES va 54 reaktordan 40 tasi MAGATE talablariga muvofiq, ishga tushirishga shay holatga keltirildi.

Uchrashuvlar natijalari bo`yicha tomonlar innovasion texnologiyalarni qo`llashda qo`shma hamkorlikni rivojlantirish, tajriba almashish hamda ilmiy-amaliy seminarlar va treninglar o`tkazish istagini bildirdi.

Iqtisodiyot, savdo va sanoat bo`yicha davlat ministri Y.Seki bilan uchrashuv bo`lib o`tdi va u O`zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarga, shu jumladan, valyuta siyosatini erkinlashtirish, ruxsatnoma berish tartiboti soddalashtirilganigayuqori baho berdi.

Delegasiya tomonidn ko`rib chiqish uchun qator takliflar berildi. Ushbu takliflar Yaponiya tomonidan O`zbekistonda atom energetikasi bo`yicha o`quv-axborot markazi yaratilishiga ko`maklashish, o`zbek talabalarining Yaponiya oliy o`quv yurtlarida ta`lim olishiga ko`maklashish, shuningdek, O`zbekistonda atom energetikasi bo`yicha sinov modulini yaratishni ko`zda tutadi.

Tashrif davomida delegasiyaIbaraki prefekturasidagi Tokay shaharchasi hududida joylashgan AESni borib ko`rdi. Bugungi kunda «Tokay-2»AES da xavfsizlikni kuchaytirish bo`yichabarcha qo`shimcha tadbirlar amalga oshirildi va stansiyani ishga tushirishga ruxsat olindi. Yaponiya tomoni atom energiyasidan tinchlik maqsadida foydalanish sohasida hamkorlik qilishga tayyor ekanligini bildirdi.

    Boshqa yangiliklar