AsosiyJamiyat

Markaziy bank: 30 va 31 dekabrda banklar ishlaydi

'Markaziy bank: 30 va 31 dekabrda banklar ishlaydi  'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki maxsus xat bilan Markaziy banking hududiy Bosh boshqarmasi, barcha tijorat banklari, Markaziy bank departamentlari, Respublika Inkassasiya xizmati, Axborotlashtirish Bosh markazi, «Garov reesti» DUK, «Yagona umumrespublika prosessing markazi» MChJ QKga bildirish jo`natgan.

Unga ko`ra, xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning bank kassalariga kirim qilingan naqd pul tushumlarini ularning hisobvaraqlarida o`z vaqtida aks ettirish, banklararo yakuniy hisob-kitoblarni amalga oshirish maqsadida 2018 yilning dekabr oyi 30-sanasi — yakshanba kuni (soat 17:00 ga qadar) va 31-sanasi — dushanba kuni (soat 15:00 ga qadar) banklararo to`lov tizimini ishlatish ta`minlanadi.

"Shu munosabat bilan, bank tizimining ushbu masalalariga aloqador ayrim xodimlarini qonunchilikda belgilangan tartibda ishga jalb qilish so`raladi", - deyiladi markaziy bank xabarnomasida.

Xatda shuningdek, dam olish kunlarida ishga jalb qilingan xodimlarga O`zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 157-moddasida belgilangan tartibda haq to`lanishi yoki xodimlarning xohishiga asosan boshqa dam olish kuni berilishi belgilangani eslatib o`tilgan.

    Boshqa yangiliklar