AsosiyDunyo

Rossiyada noqulay ob-havo sharoiti kuzatilmoqda

'Rossiyada noqulay ob-havo sharoiti kuzatilmoqda 'ning rasmi

Ayni kunlarda Rossiyaning bir qator hududlarida noqulay ob-havo sharoiti kuzatilmoqda, deb xabar bermoqda RIA novosti nashri.

Jumladan, Irkutskda bir necha kundan buyon kuchli qor yog`moqda. Hozirda harorat selsiy shkalasi bo`yicha minus 32, ayrim joylarda esa minus 40 gradusgacha tushib ketgan. Ko`chalarda transport qatnovi sezilarli darajada sekinlashgan. Favquloda vaziyatlar vazirligi odamlardan iloji boricha ko`chada kamroq bo`lishni va uzoq safarlarga chiqmaslikni so`ramoqda. Sovuqharorat hukm surayotgan bo`lishiga qaramay, odamlarning kayfiyati bayramona.

– Bu holat bizni unchalik tashvishlantirmayapti, chunki Yangi yil bayrami yaqin, – deydi mahalliy aholi vakillaridan biri.

    Boshqa yangiliklar