Joriy yilning avvalida Buyuk Britaniyadagi Henry Aldridge & Son kimoshdi savdo uyida noma`lum kolleksioner 140 ming dollar evaziga afsonaviy “Titanik”dagi taomnomani qo`lga kiritgan edi, deya xabar qilmoqda Rambler nashri.
Ushbu menyuga ko`ra, “Titanik”da quyidagi taomlar dasturxonga tortilgan: tovuq sho`rvasi, qovurilgan jo`ja, ismaloqli qo`zi go`shti – bular asosiy ovqatlar bo`lgan, garnirlar: rangli karam, qaynatilgan kartoshka. Puding, qirolicha noklari, pishiriq va qahva esa desert bo`lgan.






