Ikkinchi jahon urushining eng keksa veteranlaridan biri vafot etdi, deya ma`lum qilmoqda RIA Novosti nashri.
Amerikalik veteran Richard Overton 112 yoshida vafot etdi.
Overton 1906 yili dunyoga kelib, urush paytida uch Tinch okeani orollarida, Pyorl-Xarbor, Okinava, Ivodzimada aviasion muhandislik batalonida xizmat qilgan. U keksaygan mahali urushni eslashni ham xohlamagan ekan.
Overton umrining aksar yillarini Texasdagi Ostin shahrida o`tkazgan. O`zining aytishicha, Overton uzoq umri uchun Yaratgandan minnatdor bo`lgan. Shunga qaramay, u tamaki chekkan, hatto viskidan ham bosh tortmagan.
O`tgan hafta Overton pnevmoniya tashxisi bilan kasalxonaga yotqizilgan edi.






