1

Taekvondo (WTF). Jasur Boyquziev xalqaro turnir sovrindori

Sport 29.10.2014, 17:46
Taekvondo (WTF). Jasur Boyquziev xalqaro turnir sovrindori

Angliyaning Manchester shahrida taekvondoning WTF yo`nalishi bo`yicha G 4 toifasiga kiruvchi Gran-Pri turniri bo`lib o`tdi. 

Dunyoning ko`plab davlatlari vakillari ishtirokida o`tkazilgan mazkur nufuzli musobaqada 2016 yili Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o`tkaziladigan XXXI yozgi Olimpiada o`yinlarining yo`llanmalari uchun reyting ochkolar ham o`ynaldi. Bu esa o`z navbatida musobaqa nufuzini yanada oshirish bilan birga har bir vazn toifasida kechgan bahslarni yanada murosasiz kechishini ta`minladi. 

Ushbu Gran-Pri turnirida Vatanimiz sharafini himoya qilgan Jasur Boyqo`ziev (+87 kg) finalga qadar kechgan bahslarni g`alaba bilan yakunlab, kumush medal sovrindori bo`ldi. Shu tariqa Jasur Boyquziev Olimpiada o`yinlarining yo`llanmasi uchun navbatdagi reyting ochkolarini ham qo`lga kiritdi.

O`zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Aleksandr Kim boshchiligida Manchesterga yo`l olgan tarkibdan, shuningdek, Nikita Rafalovich (-80 kg), Maksim Rafalovich (-80 kg), Natalya Mamatova (+73 kg), Dmitriy Shokin (+87 kg), Umida Abdullaeva (+73 kg) o`rin egallashdi.

O`zbekiston Milliy Olimpiya qo`mitasi matbuot xizmati

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1