“Afrika go`zali-2018” taqdirlash marosimida tanlov g`olibasi Dorkas Kasindening sochi yonib ketdi, deb xabar berdi RIA novosti nashri.
Nigeriyaning Kalabar shahrida o`tkazilgan go`zallik tanlovida 24 yoshli Dorkas Kasinde Kongo respublikasi vakilasi sifatida qatnashdi.
Pirotexnik vositalar sachratgan uchqun uning boshiga tushib, sochi yonib ketdi. Avvaliga qiz boshidagi alangani sezmadi, biroq tadbir boshlovchisi “yong`in”ni ko`rib qolib, darrov yordamga shoshildi. “Yong`in” joyida bartaraf etilgandan keyin tadbir yana davom etdi.






