Shotlandiyaning Glazgo shahrida yashovchi 6 yoshli qizcha Rojdetvo bayramini ko`chada, uysizlarga oziq-ovqat va sovg`a tarqatish bilan o`tkazdi, deb xabar bermoqda Lenta.ru nashri.
6 yoshli Perli Rouz Makgouen (Pearly Rose McGowan) kinodan qaytayotganda ko`chada uxlab yotgan odamga ko`zi tushdi. Uyga qaytganda esa 57 yoshli buvasi Martindan uysiz-joysiz odamlarga taqdim etish uchun sovg`a tayyorlashni iltimos qildi.
Perlining buvisi sho`rva, boshqa oila a`zolari buterbrodlar tayyorlashdi. Bundan tashqari, Perli ularga shirinliklar, issiq paypoqlar, har biriga 20 funt sterling solingan xatjildlar hadya etdi.






