1

Maradona qallig`iga qo`ygan aybini bekor qildi

Sport 29.10.2014, 19:00
Maradona qallig`iga qo`ygan aybini bekor qildi

53 yoshli argentinalik futbolchi Diego Maradona 24 yoshli qallig`i Rosio Olivaga qarshi pullari va qimmatbaho narsalarini o`g`rilashda qo`ygan aybini bekor qildi, deya xabar bermoqda TASS.

Mahalliy nashrning seshanba kuni bergan xabariga ko`ra, sportchi o`z arizasini polisiyadan televidenieda qallig`ini jahl ustida bir necha marta zarba berganligini aks ettiruvchi tasvirlar paydo bo`lgandan so`ng qaytib olgan.

Ko`rinishidan bu tasvirlar ancha oldin suratga olingan. Aprel oyida juftlik ajralganligi ma`lum bo`lgan edi.

Maradonaning shaxsiy hayoti doimiy ravishda mojarolar bilan to`la. O`tgan yili u 8 yil birga yashagan turmush o`rtog`i Veronika Oxeda bilan ajrashgandi. Bundan sal oldin ularning o`g`ili dunyoga kelgan.

Argentina OAVning ta`kidlashicha, Maradonaning 5 nafar farzandi bor.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1