AsosiyDunyo

Kentukki polisiyasi shirin kulcha ortilgan yuk mashinasining yonib ketganidan “ko`z yosh” to`kdi

'Kentukki polisiyasi shirin kulcha ortilgan yuk mashinasining yonib ketganidan “ko`z yosh” to`kdi'ning rasmi

AQShning Kentukki shtatidagi Leksington shahar polisiyasi shirin kulchalar ortilgan yuk mashinasining yonib ketganidan juda ham xafa bo`lishdi, deb yozdi Lenta ru. nashri.

Xabar berilishicha, 31 dekabr kuni shirin kulchalar ortilgan yuk mashinasining haydovchisi shahar ichidan o`tayotganda mashina tagidan olov chiqayotganligini ko`rgan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.

Oradan biroz vaqt o`tgach, shtat polisiyasining Facebook akkauntiga g`amgin qiyofada yongan avtomobil fonidagi polisiyachilarning suratlari joylashtirilgan. Bir sutka davomida mazkur suratlarni 60 mingdan ortiq ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari tomosha qilgan.

Buni ko`rgan qandolatchilar Leksingtonga qo`shimcha ravishda shirin kulchalar yuborishgan. AQShda bunday kulchalarni asosan polisiya xodimlari iste`mol qiladi, degan tushuncha keng tarqalgan.

    Boshqa yangiliklar