Sochi-Moskva reysi bo`yicha uchayotgan samolyot bortida rossiyalik “mashhur xokkeychi” janjal ko`tardi, deb xabar berdi Lenta ru.nashri.
Parvoz vaqtida sportchi juda ham ko`p miqdorda spirtli ichimlik iste`mol qilgan va bort kuzatuvchisidan yana viski talab qilgan. Uni tinchlantirishga harakat qilgan boshqa yo`lovchilarga ham tashlangan.
Hodisa tufayli samolyot komandiri Voronej shahriga favqulodda qo`nishni amalga oshirishga majbur bo`lgan. Hozircha ismi-sharifi oshkor etilmayotgan xokkeychi qo`lga olingan.






