Hindistonning janubiy qismida joylashgan Kerala shtatidagi millionlab ayollar teng huquqlilikni talab qilib, 620 kilometrlik tirik devorni hosil qilishdi, deb yozdi RIA novosti nashri.
Nashrning xabar berishicha, Kerala shtatining 14 okrugida yashovchi ayollar mahalliy vaqt bilan soat 15:00 dan boshlab, yo`l chetiga to`plana boshlashgan.
Kasaragod shahridan boshlangan tirik devor shtat poytaxti Trivandrumgacha etib borgan.Mazkur tadbirda aktrisalar, siyosiy etakchilar ham ishtirok etishgan.






