1

"Paxtakor" - O`zbekistonning 10 karra chempioni!

Sport 29.10.2014, 19:38
"Paxtakor" - O`zbekistonning 10 karra chempioni!

Oliy liganing 21-turidan o`rin olgan qoldirilgan uchrashuv Toshkent shahridagi “Paxtakor” stadionida o`z nihoyasiga etdi, deb xabar beradi uff.uz. Unda maydon egalari Buxoroning “Buxoro” jamoasini yirik 4:0 hisobida mag`lub etib, navbatdagi chempionlikni muddatidan avval rasmiylashtirdi. Bu “sherlar”ning milliy chempionatimizdagi 10-chempionligi. Endilikda jamoa libosidagi yulduzlar sonini ikkita ko`paytirish imkoniga ega bo`ldi.

O`yin to`liq “Paxtakor”ning ustunligi ostida o`tdi. Uchrashuvning dastlabki daqiqasida Jamshid Iskandarov uzoqdan zarba yo`llab, hisobni ochdi. 30-daqiqada Vladimir Kozak ham jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo`llab, hisobni 2:0 ko`rinishiga olib keldi. 37-daqiqada esa Igor Sergeev hisobni yirik ko`rinishga olib kelib qo`ydi. 68-daaqiqada esa zaxiradan maydonga tushgan Bahodir Pardaev gol kiritib, hisobni 4:0ga etkazdi. Uchrashuv ana shu hisobda yakuniga etdi.

Oliy liga, 21-tur
"Paxtakor" - "Buxoro" — 4:0
Gol: J.Iskanadarov (1), V.Kozak (30), I.Sergeev (37), B.Pardaev (68)
"Paxtakor": Lobanov, Krimes, Miladinovich, Hoshimov, Ismatullaev, Andreev, Kozak, Maxaradze, Iskanderov, Karimov, Sergeev.
"Buxoro": Korneychuk, Kochnev, Ne`matov, Plyamadeala, Ubaydullaev, Asqaraliev, Ilin, Ramazonov, Rajabov, Narzullaev, Popovich.

Foto manbasi: pakhtakor.uz

Manba: www.uff.uz   

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1