Bu safar kutilmagan xizmatni Oslodagi vikinglar kemalari muzeyi taqdim etadi. Vikinglar haqidagi afsonlar va qahramonlar ishqibozlari 200 ming dollarga Norvegiya kemasi “Gokstad”ning haqiqiy nusxasini sotib olishlari mumkin, deb xabar bermoqda dni.ru.
Sotuvga qo`yilgan kemalarning eng arzonini 67.5 ming dollarga qo`lga kiritish mumkin.
1880 yili topilgan 10 metrlik “Gokstad” harbiy kemasi muzeyga juda ham puxtalik bilan o`rnatilgan. Endi uning nusxasi dengiz sayohatlarini sevuvchilarga sotilmoqda.





