AsosiySport

Podolski filmda suratga tushdi

Londonning "Arsenal" klubi forvardi Lukas Podolski endi o`zini kino aktyor sifatida sinab ko`rdi va komedik janrda olingan "Macho" filmida suratga tushdi.

Goal.com tarqatgan xabarga qaraganda, futbolchi yumoristik qobiliyatini kinoda ko`rsatishga qaror qilgan. Film adib Moris Netenyakobning novellasi asosida olingan.

– Voqealar mening tug`ilib-o`sgan va faoliyatimni boshlagan ona shahrim Kyolnda bo`lib o`tadi. Sahnalarim asosan stadionda bo`lib, juda quvnoq tarzda kechdi, deb hisoblayman. Film premerasini o`ta sabrsizlik bilan kutyapman, – deydi Podolski.

Film katta ekranga 2015 yilning oktyabr oyida chiqadi.

SPORTS.uz

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar