Belorussiyalik chegarachilar 31 dekabr kuni kechasi go`yoki Litva atrofini tomosha qilmoqchi bo`lib, “tasodifan” boshqa davlat chegarasini buzib kirgan ikki nafar fransuzni qo`lga olishdi, deb xabar berdi RIA novosti nashri.
30 dan 31 dekabrga o`tar kechasi Belorussiyaning Ostroveskiy tumanida chegarachilar videokuzatuv tizimi orqali hududda yurgan ikki nafar noma`lum shaxsni ko`rib, qo`lga olishdi. Ularning har ikkalasi ham 24 yoshda bo`lib, Fransiya fuqarolari ekanliklari aniqlandi. Voqea haqida Litva chegarachilariga ham xabar berildi.
O`tkazilgan tekshiruvlardan keyin chet ellik sayohatchilar ma`muriy javobgarlikka tortildi va tegishli tartibda Litva chegarachilari qo`liga topshirildi.






