AsosiyDunyo

Italiya prezidenti davlat mafiya tomonidan shantaj qilinganini tan oldi

Italiya prezidenti Jorjo Napolitano davlat hukumatining 1993 yilda koza nostra tomonidan shantaj qilinganini tasdiqladi. Bu haqda mahalliy OAVlarga tayanib «RIA Novosti» xabar bermoqda.

28 oktyabr, seshanba kuni Rimdagi Kvirinal saroyida Palermo shahar sudi maslahatchilari majlisi bo`lib o`tdi, unda Napolitano 1990 yillar boshida Sisiliya mafiyasi boshliqlari va Italiya hukumati vakillari o`rtasida bo`lib o`tgan maxfiy muzokaralar ishi bo`yicha shov-shuvli jarayon doirasida guvohlk ko`rsatmalarini berdi.

OAVlar xabariga ko`ra, 1992—1994 yillarda Deputatlar palatasiga raislik qilgan Napolitano, prokurorning 1993 yilda Milan va Rimda mafiya tomonidan amalga oshirilgan portlatishlarni shantaj deb hisoblashi-hisoblamasligi to`g`risidagi savoliga ijobiy javob berdi. Uning aytishicha, koza nostra o`sha vaqtda davlatga ultimatum e`lon qilmoqchi bo`lgan: hibsga olingan mafiya rahbarlarining ahvoli yaxshilanishi kerak yoki mamlakatdagi vaziyat beqarorlashishda davom etadi.

1992—1993 yillarda Italiyada mafiya rahbarlari buyrug`i bilan amalga oshirilgan qonli terrorchilik harakatlari bo`yicha ishni ko`rib chiqish 2013 yil mayida Palermo maslahatchilar sudida boshlangan edi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar