“Buyuk shoumen” myuzikliga ishlangan saundtrek Birlashgan Qirolliklarda 2018 yilning eng mashhur musiqiy albomiga aylandi, deya xabar bermoqda TASS nashri.
Albomda Beja Pasek va Jastin Poulning kompozisiyalari taqdim etilgan.
Albom-bestsellerlar uchligiga britaniyalik Jorj Ezraning “Staying At Tamara's”, va Ed Shiranning “Divide” albomlari kirgan.
Dua Lipa va Kelvin Xarrisning “One Kiss” albomi esa 2018 yili Buyuk Britaniyada eng ko`p sotilgan singlga aylangan.






