AsosiyShou-biznes

Jahon shou-biznes va sport yulduzlari sharfli fleshmobni boshladi

Jahon shou-biznes, kino va sport yulduzlari o`z foydasini xayriya ishlariga sarflashni rejalashtirgan Matalan firmasi sharflarida suratga tushib, ijtimoiy tarmoqlar orqali onlayn fleshmobni yo`lga qo`ydi, deb xabar bermoqda Hello Magazine.

28 oktyabr kuni 10 funt (16 dollar) qiymatida sotuvga chiqarilgan sharfni kompaniya sayti orqali istalgan kishi sotib olishi mumkin. Fleshmobda ishtirok etayotganlar o`z ismlarining bosh harfi yozilgan sharfda suratga tushgan.

Aksiyada hozirgacha Britni Spirs, Sara Jessika Parker, Kayli Minoug, Jastin Biber, Xelen Mirren, Ueyn Runi, Rod Styuart va boshqa taniqli yulduzlar qatnashgan. Sharflar sotilishidan olingan barcha foydani kompaniya Buyuk Britaniyadagi bolalar shifoxonalariga xayriya qilishni rejalashtirgan.

    Boshqa yangiliklar