AsosiySport

Milliy terma jamoa Dubayda Osiyo Kubogiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda

'Milliy terma jamoa Dubayda Osiyo Kubogiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda'ning rasmi

O`zbekiston milliy terma jamoasi Dubay shahrida Osiyo Kubogiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

BAA futbol federasiyasiga qarashli maydonda o`tgan mashg`ulotlar odatdagidek engil mashqlar bilan boshlandi. Keyin to`p bilan ishlandi. Bugun asosiy e`tibor darvozaga zarba yo`llashga qaratildi. Tarkibdagi barcha futbolchilar bir necha martadan darvozalarga zarbalar yo`llashdi. Terma jamoamiz darvozabonlari galma-galdan darvozaga turib, bu zarbalarni qaytarishga urinishdi. Darvozabonlar murabbiyi Denis Ivankov ularni nazorat qilib turdi.

Bugungi mashg`ulotlar yuqori kayfiyatda yakuniga etdi. Tarkibdagi barcha futbolchilar yaxshi jismoniy holatda bo`lib turishibdi.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo Kubogidagi ilk uchrashuvni 9 yanvar kuni Ummon terma jamoasiga qarshi o`tkazadi. O`yin Toshkent vaqti bilan soat 18:30da boshlanadi.

    Boshqa yangiliklar