AsosiySport

Krishtianu Ronaldu 2018 yilning eng yaxshi futbolchisi

'Krishtianu Ronaldu 2018 yilning eng yaxshi futbolchisi'ning rasmi

Italiyaning Turin shahri jamoasi “Yuventus” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Globe Soccer Awards talqini bo`yicha 2018 yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Mazkur sovrin uchun kurashda u Antuan Grizmann va Kilian Mbappeni ortda qoldirdi.

“Mazkur sovrinni qo`lga kiritish men uchun ulkan sharaf. Bunga yordam bergan barchaga minnatdorlik bildiraman. 2018 yil qiyin kechganiga qaramay, ko`plab yutuqlarga erishdim, shu jumladan, Evropa chempionlar ligasi sohibiga aylandim.

Shu sababli o`tgan yil men uchun ajoyib tarzda o`tdi, deya olaman. Yangi yilda “Yuventus” bilan ko`plab sovrinlarga ega chiqishni xohlayman. Menga yangi marralarni zabt etish yoqadi”, – dedi Ronaldu.

    Boshqa yangiliklar