AsosiySport

Ravshan Ermatov Suriya – Falastin uchrashuvini boshqaradi

'Ravshan Ermatov Suriya – Falastin uchrashuvini boshqaradi  'ning rasmi

6 yanvar kuni Osiyo Kubogi 1-turidan o`rin olgan Suriya – Falastin uchrashuvini o`zbekistonlik hakam Ravshan Ermatov boshqarib boradi. Bu haqda O`zbekiston futbol assosiasiyasi xabar qildi.

Unga qanotlarda Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidov yordam berishadi. Darvoza ortida esa Ilgiz Tantashev va Valentin Kovalenko ishlaydi. To`rtinchi hakam – Sergey Grishchenko (Qirg`izston).

Bugun, 5 yanvar kuni BAAda Osiyo Kubogi start oladi. Ochilish uchrashuvida BAA terma jamoasi Bahrayn bilan kuch sinashadi.

Ushbu uchrashuvni iordaniyalik Adham Muhammad boshqarib boradi.

    Boshqa yangiliklar