AsosiyHi-tech

Tojikistonda Facebook bir oy ichida uchinchi bor yopib qo`yildi

Tojikistonda Facebook ijtimoiy tarmog`i bir oy ichida uchinchi bor yopib qo`yildi, deb xabar bermoqda «RIA Novosti».

Mamlakat aholisini internet xizmatlari bilan ta`minlovchi provayderlarning ma`lum qilishicha, ijtimoiy tarmoqning bu safargi yopib qo`yilishiga mamlakatdagi Aloqa xizmati tomonidan yozma ravishda berilgan buyruq sabab bo`lgan.

Provayderlar ma`lumotiga ko`ra, hukumat noziri bo`lgan mazkur xizmat «VKontakte» ijtimoiy tarmog`i, Topnews.tj sayti va «Yandeks» qidiruv xizmati singari 50 dan ziyod saytni yopib qo`yishni talab qilgan. Tojikiston Aloqa xizmati esa ushbu saytlar yopilishiga aloqasi yo`qligini ta`kidlamoqda.

Bundan avval Tojikistonda bir milliondan ziyod kishi foydalanadigan Facebook 5 oktyabr kuni yopib qo`yilib, bu ijtimoiy tarmoqqa 10 oktyabr kuni o`tkaziladigan amaldagi hukumatga qarshi namoyishda ishtirok etish haqidagi chorlov joylashtirilgani bilan bog`langan edi.

Keyinroq Tojikiston aloqa operatorlari Dushanbe aholisi uchun SMS yuborish xizmatini o`chirib qo`ygani xabar qilindi.

    Boshqa yangiliklar