AsosiyHi-tech

Slovakiya kompaniyasi dunyodagi ilk uchar mashinani namoyish etdi

Slovakiyadagi kompaniya uchar avtomobilning ishlaydigan varianti — Aeromobil 3.0’ni ishlab chiqdi. Bu haqda Rt.com xabar bermoqda. U 29 oktyabr kuni Vena (Avstriya)dagi Pioneers Festival innovasiyalar festivalida namoyish etildi.

Mashinaning tezligi erda soatiga 160 kilometr, havoda esa 200 kilometrgacha etishi mumkin. Bir soatda u 15 litr benzin sarf qiladi.

Ishlab chiquvchilarning aytishicha, aeromobil parvoz xavfsizligi uchun zarur bo`lgan barcha vositalar bilan jihozlangan. Kompaniya ushbu ixtiro tez orada seriyali ravishda ishlab chiqarila boshlashiga umid qilmoqda.

    Boshqa yangiliklar