1

Evropa klublari assosiasiyasi JCh-2022ni 28 aprel - 29 mayda o`tkazishni taklif qilmoqda

Sport 31.10.2014, 12:42
Evropa klublari assosiasiyasi JCh-2022ni 28 aprel - 29 mayda o`tkazishni taklif qilmoqda

Evropa klublari assosiasiyasi JCh-2022ni aprel-may oylarida (28 aprel - 29 may) o`tkazish taklifini olg`a surdi. Shunda, Evropaning etakchi mamlakatlari — Angliya, Ispaniya, Italiya va Fransiyada kubok bahslari JChdan keyin, iyun oyida o`tkaziladi.

Assosiasiya taklifiga ko`ra, 2021/22-yilgi mavsumda klublar ichki chempionatda 48tadan ko`p o`yin o`tkazishlari kerak emas. Futbolchilar terma jamoa ixtiyoriga 18 apreldan kech qolmasdan etib borishlari lozim.

Eslatib o`tamiz, FIFA prezidenti Yozef Blatter JCh-2022ni 2021 yilning noyabr-dekabr oylarida o`tkazishni taklif qilayotgan edi.

Manba: www.sports.ru

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1