1

QQS kassa chekida ko`rsatilgan bo`lishi kerak

Iqtisodiyot 14.01.2019, 17:39
QQS kassa chekida ko`rsatilgan bo`lishi kerak

Bu haqda Moliya vazirligi va Davlat soliq qo`mitasining o`z hududiy boshqarmalariga yuborilgan 11.01.2019 yildagi xatida ko`rsatib o`tilgan.

Shu tariqa, agar sotuvchi QQS to`lasa va tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) QQS solinsa, QQS summalari kassa cheki, to`lov terminali chekining majburiy rekvizitlari hisoblanadi.

Eslatib o`tamiz, tovarlar (ishlar, xizmatlar) aholiga naqd pulda realizasiya qilingan hollarda sotib oluvchiga fiskal xotirali nazorat-kassa mashinasi cheki, terminal cheki, kvitansiyalar hisobvaraq-faktura o`rnini bosadi (Soliq kodeksining 222-moddasi). Shu tufayli ushbu QQSni hisobga olish uchun xaridor-yuridik shaxsga hisobvaraq-faktura kerak bo`ladi. Soddalashtirilgan QQS to`lovchilar tovarlar (ishlar, xizmatlar) etkazib beruvchilarga to`langan soliq summalarini hisobga olishga haqli emaslar.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1