1

Luis Suares jahon chempionatidagi qilig`i sabab “Oltin to`p” nominantlari qatoridan joy olmadi

Sport 02.11.2014, 15:20
Luis Suares jahon chempionatidagi qilig`i sabab “Oltin to`p” nominantlari qatoridan joy olmadi

“Barselona” futbol klubi va Urugvay terma jamoasi hujumchisi Luis Suares Braziliyada bo`lib o`tgan jahon chempionatida italiyalik Jorjio Kellinini tishlab olgani uchun “Oltin to`p” nomzodlari qatoridan joy olmadi. Bu haqda “Liverpul” bosh murabbiyi Brenden Rojers ma`lum qildi.

Suares FIFA qaroriga ko`ra, 9 ta o`yinga diskvalisikasiya qilingan va 4 oyga har qanday futbol faoliyatidan chetlatilgan edi.

"Ro`yxatda Suaresning bo`lmasligigia yagona sabab uning Kellinini tishlab olganidir. Buni adolatdan deb hisoblamayman”, - deydi Rojers.

Hujumchi ushbu mavsum boshida “Liverpul”dan “Barselona”ga kelib qo`shilgan va besh yilga shartnoma tuzgan edi, deb yozmoqda TASS.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1