23 yanvar kүni Nukus tumani "Aqterek" MFYda istiqomat qiluvchi Marat Jumamuratov Murat va Nargiza Menglibekova oilasida uch egizak qiz dunyoga keldi. Bu haqda "Kruz.uz" xabar bermoqda.
Shifokorlarning so`zlariga ko`ra, hozirda onaning ham, egizaklarning ham sog`ligi joyida.
Egizaklarning birinchisi soat 12:30 da, ikkinchisi 1:15 da, uchinchisi esa 4:30 da tug`ilgan.

Ular shifokorlar nazoratida. Egizaklar holidan tuman hokimligining ma`sul xodimlari xabar olib, turli sovg`a-salomlar bilan siylashgan.
Bu oiladagi ikkinchi egizaklarning tug`ilishi. Uchta egizakning Aydana Gүldana ismli egizak opalari bor.