AsosiyJamiyat

Chiroqchida ham 3 egizak dunyoga keldi. Bularning ham egiz opa va akasi bor

'Chiroqchida ham 3 egizak dunyoga keldi. Bularning ham egiz opa va akasi bor'ning rasmi

6 kun avval, Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida Sherzod Do`smurodov oilasida 3 nafar egizaklar dunyoga kelibdi. Hammasi o`g`il! Chaqaloqlarga davlat rahbariga havas qilib Shavkat, Miromon va Mirziyo deb ism qo`yishmoqchi ekan (hali rasmiylashtirishmabdi).

"Chaqaloqlarning onasi Sadoqatxon 25 yosh ekan (1993 yil). Turmush qurishgandan so`ng, dastlab yosh oilaning boshiga sinov tushibdi. 2 marta homila rivojlanmay qolibdi. Lekin sabr tagi sariq oltin deganlari bejizga emas. Ikki yosh sabr qilib, kutishgandan so`ng, dastlab qizaloq dunyoga kelibdi. Yosh oila xursand! Ular baxtiyor!

Biroz o`tib, polvonday o`g`il dunyoga kelibdi. Bir o`g`il, bir qiz! Qanday ajoyib!

Yosh oila farzandlarini ko`paytirishni niyat qilishgan ekan shekilli, keyingi safar birdaniga 2 nafar egizaklar dunyoga kelibdi! 2 o`g`il, 2 qiz!

Mana endi bu oilada 3 nafar o`g`il dunyoga kelibdi! 5 o`g`il, 2 qiz! Jami 7 nafar farzand!", - deb yozmoqda huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiev telegram kanalida.

Eslatib o`tamiz,Qoraqalpog`istonda uch egizak dunyoga kelgani, chaqaloqlarning egizak opalari ham borligi haqida xabar bergan edik.


Boshqa yangiliklar