1

Krishtianu Ronaldu "Oltin butsa"ni qabul qildi

Sport 06.11.2014, 10:03
Krishtianu Ronaldu "Oltin butsa"ni qabul qildi
Portugaliya va Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Krishtianu Ronaldu mavsum to`purari uchun atalgan "Oltin butsa"ni qabul qildi. 
– Ushbu yutug`imda jamoadoshlarimning xissasi katta, – deydi Ronaldu. – Ularsiz bu mukofotni qo`lga kirita olmas edim. Shuningdek, meni jahonning shunday eng yaxshi klubida o`ynashimga imkon yaratgan oilam va muxlislarimdan ham minnatdorman. Uchinchi "oltin butsa"mni olganimdan g`oyat baxtiyorman. Har onda meni Madridda qolishimni istashayotganini his qilyapman. 
Eslatib o`tamiz, portugaliyalik futbolchi 2013/14 yilgi mavsum doirasida Ispaniya La Ligasida 31 ta golga mualliflik qilgan. Shuningdek, hozirda ichki chempionatda raqiblari darvozasiga 17 ta to`p kiritishga ulgurdi.   
 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1