O`zbekistonda UMS mobil operatori reklamalari uchun kasting e`lon qilindi

Hi-tech 07.11.2014, 17:00
O`zbekistonda UMS mobil operatori reklamalari uchun kasting e`lon qilindi

O`zbekistonda ochilayotgan UMS aloqa operatori fotosessiyasida qatnashishni istagan 18-60 yosh oralig`ida bo`lgan ikki jins vakillari uchun kasting e`lon qilindi. Bu haqda Daryo.uz xabar bermoqda.

Nomzodlar millati o`zbek bo`lishi, zamonaviy ishbilarmon ko`rinish va iloji boricha model qiyofasiga ega bo`lishi lozim.

Kasting va fotosinov 7-9 noyabr kunlari «Kinoprom» kompaniyasi ofisida soat 12:00 dan 17:00 ga qadar o`tkaziladi.

Suratga olish ishlari Toshkent shahrida Moskvadan kelgan media-kompaniya va Rossiyadagi «MTS» vakillari ishtirokida 12-16 noyabr kunlari bo`lib o`tadi.

Kasting talablari va boshqa ma`lumotlar bilan Kinoshniki.uz saytida batafsil tanishish mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1