Alp tog`larida kuchli qor ko`chkisi ro`y berdi, deya xabar bermoqda Tvzvezda.ru nashri.
Ko`chki Fransiya va Italiya chegarasida sodir bo`lgan. Buning oqibatida 10 kishi hayotdan ko`z yumgani xabar qilinmoqda. Shuningdek, 1 nafar inson bedarak yo`qolgani qayd etilgan. Qurbonlarning 5 nafari Italiyaning Aosta tumani aholisidir. 4 kishi esa tog`ga chang`i uchish uchun borgan dam oluvchilar bo`lgan.
O`tgan bir necha oy ichida Alp tog`larida qor ko`chkilari tez-tez ro`y berishi kuzatilmoqda.