Evropa parlamentiga saylovlarning o`tkazilish sanasi ma`lum bo`ldi, deb xabar qilmoqda Koreespondent.ru nashri.
Saylov jarayoni joriy yilning 23–26 may kunlari bo`lib o`tishi belgilangan. Evroparlament a`zolari Evropa Ittifoqiga a`zo davlatlar fuqarolari tomonidan har besh yilda to`g`ridan-to`g`ri ovoz berish yo`li orqali saylanadi. Parlamentda 751 deputat o`rni bo`lib, bu gal faqatgina 705 ta deputat tayinlanadi. Buyuk Britaniyadan olib qo`yilgan 73 ta o`rindan 26 tasi boshqa davlatlarga taqsimlanadi. Qolganlari esa bloklanishi rejalashtirilmoqda.