Toshkentning 6 ta tumanida tungi reydlar davomida IIBB xodimlari tomonidan fohishalik bilan shug`ullanishda gumon qilingan 74 nafar ayol qo`lga olindi.
IIBB xabariga ko`ra, profilaktik tadbirlar davomida ikki kun ichida fohishalik bilan shug`ullanishda gumon qilingan 74 nafar ayol qo`lga olingan.
Yashnobod, Bektemir, Mirobod, Yunusobod, Uchtepa va Chilonzor tumanlarida 4 fevraldan 5 fevralga o`tar kechasi 34 nafar, 5 fevraldan 6 fevralga o`tar kechasi esa 40 nafar ayol qo`lga olingan. Ularning 11 nafari avval 190-modda (“fohishalik bilan shug`ullanish”) bilan ma`muriy javobgarlikka tortilgan.
Bundan tashqari, 40 nafar ayoldan 30 nafari avval turli qoidabuzarliklar uchun ichki ishlar bo`limlariga olib borilishgan.
Barcha qo`lga olingan ayollar IIBga olib borilib, ularning shaxsi tasdiqlangan. O`sha erda ular tibbiy ko`rikdan o`tkazilgan.
U erda ayollarga ishga joylashishda va turar-joy muammosini hal qilishda yordam ko`rsatilmoqda.
Shuningdek, ayollarni o`z avtomobillarida fohishalik bilan shug`ullanish uchun olib borib yurgan 4 nafar erkak ham qo`lga olingan. Ularga nisbatan tegishli hujjatlar tuzilgan.