Sharqiy va shimoliy Qozog`iston viloyatlarida maktablarning 1-sinfidan 11-sinfigacha o`quvchilar uchun darslar bekor qilindi.
Ostonada 8 fevral kuni birinchi smenadagi o`quvchilar, kollejlarning birinchi kurs talabalari uchun darslar bo`lmadi. Bunga Qozog`istonning shimoliy va markaziy mintaqalarida kuzatilayotgan kuchli sovuqlar sabab bo`ldi.
Noqulay ob-havo sharoiti tufayli avtomobil trassalari berkitildi.
“Kazaxavtodor” korxonasining ma`lum qilishicha, Pavlodar viloyatidagi yo`llar yopildi. Shuningdek, Ostonadan barcha yo`nalishlar bo`yicha yo`llar ham berkitildi. Sharqiy Qozog`iston, Oqmola va Shimoliy Qozog`iston viloyatlarida jamoat va dizel avtotransport harakati to`xtatildi.
Hafta boshlarida ichki ishlar vazirining o`rinbosari Yuriy Ilin haroratning keskin tushib ketishi, qor yog`ishi, bo`ron bo`lishidan ogohlantirgan edi.
Kazgidromet 10 ta viloyatda kuchli sovuq va bo`ronlar bo`lishidan ogohlantirdi.