AsosiyDunyo

Ostonada sovuqda qolganlar manziliga bepul etkaziladi

'Ostonada sovuqda qolganlar manziliga bepul etkaziladi'ning rasmi

Qo`shni Qozog`istonning poytaxtida “Ostona – mehr-shafqat shahri” aksiyasi o`tkazildi. Bu haqda Muslim.kz sayti xabar berdi.

Mazkur tadbir tashabbuskori Qozog`iston musulmon idorasi raisining o`rinbosari, Ostonadagi “Hazrat Sulton” masjidining imomi Navruzbay Tag`anuli bo`lib, aksiya maqsadi insonlarga ko`mak ko`rsatish ekani aytib o`tilgan.

Aksiya doirasida qishning sovuq kunlarida avtobus bekatlarida transportni kutayotganlar va yo`llarda sovqatganlar o`z manzillariga bepul etkazib qo`yiladi.

Ushbu aksiyada “Hazrat Sulton” masjidi jamoati o`zlarining avtomobillari bilan faol qatnashayotganlari aytib o`tildi.

    Boshqa yangiliklar