A.K. 4 yanvar kuni nazorat tartibida sotib olish tadbiriga jalb qilingan fuqaro D.S.ga tarkibida giyohvandlik vositasi bo`lgan 1,5 gramm «Tramadol»ni 105 ming so`mga sotgan. Bu haqda O`zA xabar berdi.
Shuningdek, uning yonidan kelgusida o`tkazish maqsadida saqlab qo`ygan 1 gramm «Tramadol»vositasi aniqlangan.
Ushbu jinoyat ishi 2019 yil 25 yanvar kuni jinoyat ishlari bo`yicha Xorazm viloyat sudida ko`rildi. A.K. JKning 273-moddasi 5-qismi bilan aybli deb topilib, unga nisbatan qonuniy jazo tayinlandi.