1

Qashqadaryoda organ xodimiga pora taklif qilgan fuqaro qo`lga olindi

Jinoyat 09.02.2019, 07:27
Qashqadaryoda organ xodimiga pora taklif qilgan fuqaro qo`lga olindi

Qashqadaryo viloyatining Muborak tumanida 5 fevral kuni tuman IIB huzuridagi TB surishtiruv guruhi surishtiruvchisi, S.D. Muborak tumani IIB boshlig`i nomiga bildirgi bilan murojaat qilib, unda shu yil 4 fevral kuni “Shirinbuloq” YPX maskanida Xorazm viloyati Gurlan tumanida yashovchi, G`ayrat Xudoyberganov boshqaruvidagi “Isuzu” yuk avtomashinasi yukxonasidan Xorazm viloyati Gurlan tumani Soxtiyon MFYda yashovchi R.B. tegishli 150 qop ammiakli selitra mineral o`g`it mahsuloti borligi aniqlanganligini ma`lum qilgan.

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borish jarayonida R.B. avtomashinani musodara qilmaslik va ishni uning foydasiga hal qilib berish evaziga xodimga pora sifatida 4 mln. so`m pulni taklif etgani ma`lum bo`lgan.

Ushbu bildirgi yuzasidan 5 fevral kuni O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi O`z xavfsizlik boshqarmasi Qashqadaryo viloyati bo`yicha bo`limi, O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Muborak tumani bo`limi va Muborak tumani prokuraturasi xodimlari hamkorligida o`tkazilgan tadbir natijasida R.B. pora sifatida 3 mln. 819 ming so`m pulni xodimning xizmat xonasida unga bergan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlangan.

Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan 6 fevral kuni jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1