Belgiya poytaxti Bryusselda 5000 ga yaqin yoshlar iqlim o`zgarishiga qarshi norozilik namoyishlarini o`tkazishmoqda, deb xabar berdi RIA novosti nashri.
Maktab o`quvchilari va talabalar darslarga borish o`rniga shahar ko`chalari bo`ylab turli shiorlar yozilganplakatlarni ko`tarib hukumatdan kerakli choralar ko`rilishini talab qilishmoqda. Bir guruh universitet talabalari esa maxsus iqlim qonuni loyihasini ishlab chiqishdi. Ular Belgiya hukumati yangi taklifni ko`rib chiqishiga umid qilishmoqda.