“Oltin to`p” asoschilaridan biri vafot etdi, deya xabar qildi Segodnya nashri.
Fransiyalik jurnalist Jak Ferran 98 yoshida vafot etdi.
Ferran Chempionlar ligasi formati va qoidalarini ishlab chiqqan insonlardan biri edi. Qolaversa, u “Oltin to`p” mukofoti yaratuvchilaridan biri ham hisoblanadi.
Ilk “Oltin to`p” “Blekpul” ingliz klubi futbolchisi Stenli Metyuzga topshirilgan edi.