AsosiyJamiyat

Jizzaxlik narkoman unga marixuana sotgan shaxsni ham o`zi bilan qamoqqa olib ketdi

Jizzaxning «Jellig`ulli» mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro marixuana iste`mol qilgani uchun sudlandi. Bu haqda Jizzax shahar hokimligi axborot xizmatiga tayanib, «Kun» xabar bermoqda.

Shahar prokurorining katta yordamchisi Gulnora Hamroevaning ma`lum qilishicha, «sud uning giyohvand moddalarga tobe bo`lib qolganini hisobga olib, majburiy davolashni tayin etib, bir yil ozodlikdan mahrum qilish haqida hukm chiqargan».

Ayni vaqtda, giyohvand shaxs sud majlisi davomida marixuanani Do`stlik tumanidagi «Mevazor» qishloq fuqarolar yig`inida istiqomat qiluvchi shaxsdan sotib olganini ma`lum qilgan.

«Natijada marixuana sotuvchiga nisbatan ham adolatli hukm chiqarildi. U bundan keyingi umrining besh yilini panjara ortida o`tkazadigan bo`ldi», — deyiladi xabarda.

Qayd etishlaricha, bir yilga qamalgan giyohvandning to`rt nafar, marixuana sotgan shaxsning esa uch nafar farzandi bor.

 

    Boshqa yangiliklar