1

O`zbekistonda elektrotraktorlar ishlab chiqariladi

Iqtisodiyot 14.02.2019, 09:30
O`zbekistonda elektrotraktorlar ishlab chiqariladi

“O`zagrotexsanoatxolding” AJ tarkibidagi tizim korxonalar tomonidan zamonaviy elektrotraktorlar ishlab chiqarish loyihasi bo`yicha ish boshlandi. Ushbu loyihani amalga oshirishda “O`zagrotexsanoatxolding” AJ Avstriyaning dunyoga mashhur “AVL” kompaniyasi bilan hamkorlikni yo`llga qo`yadi. Bu haqda 2019 yilning 12 fevral kuni “O`zagrotexsanoatxolding” AJ rahbariyati hamda “AVL” kompaniyasi vakillari o`rtasida bo`lib o`tgan uchrashuvda ma`lum qilindi.

Shuningdek, uchrashuvda “O`zagrotexsanoatxolding” AJ tarkibidagi tizim korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan 100 ot kuchigacha bo`lgan traktorlarni to`liq elektrlashtirish bo`yicha muzokaralar olib borildi. Unga ko`ra 2019 yil yakunigacha “AVL” kompaniyasi yangi elektrotraktorlarning konseptual loyihalarini tayyorlaydi. Ilk namunalar esa “O`zagrotexsanoatxolding” AJ tarkibidagi tizim korxonalar tomonidan 2021 yilda ishlab chiqariladi.

Ma`lumot o`rnida aytib o`tamiz, “O`zagrotexsanoatxolding” AJ dunyo miqyosida neft va neft mahsulotlari, asosan, dizel yoqilg`isi narxi oshib borayotganligi sababli elektrotraktorlar ishlab chiqarishni yo`lga qo`ymoqchi. Ushbu loyihani amalga oshirish orqali tabiatni asrashga hissa qo`shish ham maqsad qilingan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1