1

Noqonuniy tadbirkorlik faoliyatiga chek qo`yildi

Iqtisodiyot 14.02.2019, 09:40
Noqonuniy tadbirkorlik faoliyatiga chek qo`yildi

Surxondaryoda davlat soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan soliqqa oid huquqbuzarlikka qarshi muntazam ravishda profilaktik tadbirlar o`tkazilmoqda. Natijada joylarda noqonuniy tarzda tadbirkorlik bilan shug`ullanayotgan shaxslar aniqlanmoqda.

Sho`rchi tumanida faoliyat ko`rsatib kelayotgan yakka tartibdagi tadbirkor X.O davlat ro`yxatidan o`tmasdan tegishli hujjatlarsiz nooziq-ovqat mahsulotlar savdosi bilan shug`ullanayotganligi aniqlandi. Mazkur holat yuzasidan bayonnoma rasmiylashtirilib, jami 5 turdagi 7 million 530 ming so`mlik tovar moddiy boyliklar vaqtincha saqlovga olindi.

Bunday huquqbuzarlik Uzun tumanida ham kuzatildi. Fuqaro Q.M hech qanday hujjatlarsiz har xil turdagi kiyim-kechak mahsulotlarini sotayotganligi aniqlandi. Ushbu holat yuzasidan ham ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilib 2 million 210 ming so`mlik tovar moddiy boyliklari vaqtinchalik saqlash uchun ashyoviy dalil sifatida olib qo`yildi.


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1